#INFOLIB_2025

📚 Joriy yilning 12-noyabr kuni "Infolib O'zbekiston-2025" XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 3-maktab faol o'quvchilari ishtirokida yozuvchi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub "Najot" kitobi taqdimoti tashkil qilindi. Tadbir davomida yozuvchining hayot va ijodiy faoliyati, "Najot" asarining g'oyaviy mazmuni hamda unda ilgari surilgan milliy va ma'naviy g'oyalar haqida so'z yuritildi. ✅Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni kitob o'qishga jalb etish, o'zbek adabiyoti durdonalarini keng targ'ib etish hamda Pirimqul Qodirov ijodiga bo'lgan qiziqishni oshirishdan iborat bo‘ldi.