#INFALIB_2025

📚2025-yil 12-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida faol kitobxonlar, yoshlar hamda madaniyat ixlosmandlari ishtirokida "Bag‘rikenglik haftaligi" doirasida, millatlararo totuvlikni mustahkamlash, o‘qish madaniyatini ommalashtirish va yoshlar qalbida kitobga mehr, insoniylik va bag‘rikenglik tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida “Yangi O‘zbekiston kitob va kutubxonadan boshlanadi” nomli rang-barang kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 🔰Ko‘rgazmada turli millat va elat vakillarining adabiy merosi aks etgan: o‘zbek, rus, tojik, qozoq, ingliz, turk va boshqa xalqlarning mashhur adiblarining asarlari namoyish etildi. Har bir asar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib etuvchi bebaho durdona sifatida e’tirof etildi.