Mehr kutubxonasi

#INFOLIB_2025 📚2025-yil 13-noyabr kuni Mirzacho'l tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Mehr kutubxonasi" loyihasi doirasida "G'alaba" mahallasi hududida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan kitobxon Tamara Nikel Alekseyevna xolidan xabar olindi. ✅Tashrif davomida kutubxona xodimlari keksa kitobxon bilan samimiy suhbatlar o'tqazib, badiiy adabiyotlardan o'qib berdilar.Mazkur tashabbus nafaqat kitobxonlar uchun ruhiy madad bo'ladi balki, ularning ijtimoiy hayotga yanada faol integratsiyalashuviga xizmat qiladi.