#INFALIB_2025

#INFALIB_2025 📚2025-yil 12-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Infolib O‘zbekiston – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Mirzadala mahallasi yoshlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida “Kvest” jamoaviy o‘yini tashkil etildi. ✅Tadbir davomida yoshlar turli savol-javoblar, topishmoqlar va kitoblar haqida qiziqarli viktorinalar orqali o‘z bilim va zukkoliklarini namoyon etdilar. Ishtirokchilar o‘zaro raqobatlashib, jamoaviy fikrlash hamda tezkor javob berish ko‘nikmalarini namoyish etdilar. 📖Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va axborot-kutubxona muassasalarining yoshlar hayotidagi ahamiyatini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Tadbirda 23ta bilimdon yoshlar ishtirok etdilar.