Infolib 2025 "Satrlar aro yashar shoir"

📚2025-yil 13-noyabr kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Infolib O‘zbekiston – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida XX asr o'zbek adabiyotining yirik vakili, o'zining betakror ijodi bilan o'zbek adabiyotida o'chmas iz qoldirgan shoir Usmon Nosir tavalludining 113-yilligi munosabati bilan "Satrlar aro yashar shoir" nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda kutubxona xodimlari hamda "G'alaba" mahalla hududida istiqomat qiluvchi o'quvchi yoshlar ishtirok etishdi. ✅Ishtirokchilar Usmon Nosirning "Dilbarim", "Yurak", "Quvonch" kabi asarlaridan parchalar o'qishdi. Tadbir samimiy ruhda, ijobiy fikr va adabiyotga mehr muhitida o'tdi.