Ochiq osmon ostida kutubxona

📚Joriy yilning 13-noyabr kuni Mirzachoʻl tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Bag'rikenglik haftaligi" doirasida "Bogʻbon" mahallasi hududida joylashgan 17-maktab oʻquvchilariga "Ochiq osmon ostida kutubxona" tashkil etildi.Tadbirning maqsadi - aholini kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirish, yoshlarni maʼnaviyat va bilimga chorlashdir. 🔰Koʻrgazmada turli janrdagi badiiy hamda zamonaviy adabiyotlar namoyish etildi. Ishtirokchilar ochiq osmon ostida kitoblar bilan tanishib, oʻqish madaniyati va kitobning hayotimizdagi oʻrni haqida qisqacha maʼlumot oldilar.