Infolib 2025

📚Joriy yilning 14-noyabr kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlariga “Infolib O‘zbekiston – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Kutubxona ishida innovatsion yondashuvlar va axborot texnologiyalari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. 🔰Tadbirda zamonaviy kutubxona faoliyatida qo‘llanilayotgan innovatsion yondashuvlar, raqamlashtirish jarayonlari, axborot texnologiyalarining ahamiyati va ijtimoiy tarmoqlarda kutubxona faoliyati keng yoritish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi. ✅Tadbir yakunida seminar ishtirokchilari o‘zaro fikr almashib, innovatsion xizmatlarni kutubxona amaliyotiga joriy etish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirdilar.