2025-yil 14-noyabr kuni Mirzacho'l tuman axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Do'stlik" hamda "G'alaba" mahallalari yoshlari ishtirokida "INFOLIB O'ZBEKISTON-2025" XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida "Bilim manbai-kutubxona hayotidan bir kun" nomli ekskursiya tashkil qilindi. 🔰Ekskursiya davomida o'quv zaldagi yangi adabiyotlar ko'rgazmasi bilan tanishtirilib, kutubxonadan foydalanishi, kitoblarni toʻgʻri izlash yo'llari haqida tushunchalar berib borildi. ✅Tadbir so'nggida kutubxona xodimlari kitob o'qishning ahamiyati, bilim olishning zarurligi va yoshlarning ma'naviy dunyosini boyitish haqida fikr almashdi.