📚2025-yil 14-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Infolib O‘zbekiston-2025" XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligining yopilish marosimi o‘tkazildi. ✅Haftalik davomida ma'naviy tadbirlarda faol ishtirok etgan bir guruh kitobxonlar axborot-kutubxona markazining esdalik sovģ'alari bilan taqdirlandilar. Shu bilan "Infolib O‘zbekiston 2025" XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligining bu yilgi faoliyati muvaffaqiyatli yakunlandi.