Bag'rikenglik haftaligi

📚Joriy yilning 14-noyabr kuni Mirzacho'l tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Mirzadala", "G'alaba" mahalla yoshlari ishtirokida "Bag‘rikenglik haftaligi" doirasida “Yangi O‘zbekiston bag'rikeng davlat” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🔰Ko‘rgazma o‘zida quyidagi yo‘nalishlardagi adabiyotlarni jamlagan: -xalqlar o‘rtasidagi totuvlik va bag‘rikenglikka bag‘ishlangan ilmiy-ommabop kitoblar; -millatlararo do‘stlik, tinchlik va hamjihatlik g‘oyalarini tarannum etuvchi badiiy asarlar; -O‘zbekistonning milliy va diniy bag‘rikenglik borasidagi siyosatini yorituvchi nashrlar; -jahonda bag‘rikenglik madaniyati va inson huquqlariga oid adabiyotlar; ✅Ko‘rgazmaning maqsadi-kitobxonlarda bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish, jamiyatda o‘zaro hurmat va totuvlik g‘oyalarini mustahkamlash, shuningdek,kitob o‘qish madaniyatini keng targ‘ib etishdir.