Kitobxon onalar kuni

📚 2025-yil 17-noyabr sanasida Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan tumanimiz “Oqila ayollar” harakati faollari raisi, shuningdek “Do‘stlik” va “Erjar” mahallalarining faol ayollari ishtirokida “Ilmli ayol — yorug‘ kelajak tarbiyachisi” mavzusida badiiy-musiqiy kecha tashkil etildi. ✅Tadbir davomida ayollar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish, ma’naviy barkamollikni yuksaltirish, oilada sog‘lom muhit yaratishda ilmli va ziyoli ayollarning o‘rni yoritib berildi. Oila va jamiyat hayotidagi ayolning ilmli, ziyoli bo‘lishining ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. Badiiy chiqishlar, qo‘shiqlar va ma’rifiy suhbatlar tadbirga o‘ziga xos ruh bag‘ishladi. 🔰Tadbir yakunida faol ishtirok etgan onaxonlarga axborot-kutubxona markazi tomonidan sovg'alar taqdim etildi.