“Davlat bayrog‘i — milliy g‘urur, mustaqillik va birlik ramzi”

Joriy yilning 18-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Renessans” kitobxonlar klubi ishtirokida “Davlat bayrog‘i — milliy g‘urur, mustaqillik va birlik ramzi” mavzusida adabiy-musiqiy kecha tashkil etildi. 📚Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining qabul qilinish tarixi, uning ramziy ma’nolari hamda yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, kitobxon yoshlar tomonidan Vatan, mustaqillik va bayroq madh etilgan she’rlar o‘qildi, musiqiy chiqishlar namoyish etildi. ✅Tadbir yakunida bayramona ruh ishtirokchilar qalbida katta taassurot qoldirdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi — kitobxonlarning Vatanga, mustaqillikka va davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat va mehrini yanada oshirish, ularda milliy g‘urur tuyg‘usini mustahkamlashdan iborat ekani alohida ta’kidlandi.