Ko'rgazma

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Ipak yo‘li” mahallasi 4-maktabida badiiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi. 📚Tadbir davomida o‘quvchilarning bayrog‘imizga bag‘ishlangan she’rlari, qo‘shiqlari, sahna ko‘rinishlari tadbirga o‘zgacha mazmun va badiiy zavq ulashdi. ✅Shu bilan birga, tuman axborot- kutubxona markazi tomonidan “Davlat ramzlari — milliy g‘ururimiz” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada bayrog‘imiz tarixi, mustaqillik, vatanparvarlik va yurtimiz taraqqiyotiga oid adabiyotlar namoyish etildi. Ushbu ko‘rgazma o‘quvchilarda Vatanga mehr, davlat ramzlariga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi. 🔰Tadbir barcha ishtirokchilar uchun unutilmas taassurotlar qoldirdi va yoshlarda milliy g‘urur, yurtga sadoqat tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi.