#Ekskursiya 📚2025-yil 18-noyabr kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Bog'bon "mahallasi hududida istiqomat qiluvchi yoshlar uchun mazmunli ekskursiya tashkil etildi. ✅Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar ongida kitobxonlik madaniyatini kuchaytirish ,ularni ilm-fan,ma'naviyat va zamonaviy bilimlarga bo'lgan qiziqishni oshirish,shuningdek, mahalla bilan kutubxona o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat bo'ldi Ekskursiya davomida yoshlar kutubxona fondidagi adabiyotlar bilan tanishdilar.