Kitob taqdimoti

📚2025 -yil 18 -noyabr kuni Mirzachoʻl tuman axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan“Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning "Izlayman" kitobi taqdimoti oʻtkazildi. ✅Tadbirda "Ipak yoʻli" mahallasida joylashgan 4-maktabning 10- sinf oʻquvchilari ishtirok etib, yozuvchining hayoti va ijodi, asarda koʻtarilgan g'oyalar haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldilar. 🔰Uchrashuv davomida kitobdan parchalar oʻqildi, asardagi asosiy mazmun va tarbiyaviy jihatlar yuzasidan suhbatlar tashkil etildi.Tadbir yoshlarga badiiy adabiyotga boʻlgan qiziqishini oshirish ularga kitobxonlik maʼnaviyatini shakllantirishda xizmat qildi.