Kitobxon ona-kitobxon bola

2025-yil 19-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Bog‘bon” mahallasida kitobxon onalar va kitobxon yoshlar ishtirokida “Kitobxon ona — kitobxon bola” loyihasi doirasida “Kitob va kitobxonlik — inson ma’naviyatining ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 📖Tadbir davomida ishtirokchilar kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni, yoshlar ma’naviy dunyosini boyitishdagi ahamiyati, shuningdek, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish borasidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Onalar o‘z tajribalaridan kelib chiqib, bolalarda kitob o‘qish odatini shakllantirishda oilaviy ibratning beqiyos ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar. ✅Mazmunan boy va samimiy ruhda kechgan davra suhbati ishtirokchilarda kitobga mehr uyg‘otib, ularning ma’naviy dunyosiga yangi ranglar qo‘shdi.