📚2025-yil 19-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 17-maktab o‘quvchilari uchun “Kitobsevar millat" shiori ostida “Kitobxon yoshlar – kelajagimiz bunyodkori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🔰Davra suhbati davomida kutubxona mutaxassislari o‘quvchilarga kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitob tanlash mezonlari, zamonaviy adabiyotlar, shuningdek, yoshlar uchun mo‘ljallangan motivatsion, ilmiy-ommabop va badiiy kitoblar haqida batafsil ma’lumot berishdi. Tadbir jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, fikr va mulohazalarini bildirishdi. ✅Uchrashuv samimiy muloqot, o‘zaro fikr almashuvi va ijodiy ruhda o‘tdi. Axborot-kutubxona markazi xodimlari yoshlarni muntazam kitob o‘qishga, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga va doimiy izlanishda bo‘lishga chorlab, kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rnini yana bir bor ta’kidladilar.