2025-yil 20-noyabr kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 11-noyabrdagi 77-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Axborot-kutubxona va Madaniyat markazi xodimlari hamda DIK Mirzacho‘l tuman bosh mutaxassisi Doston Ubaydullayev ishtirokida “Gender tenglik — taraqqiyot kafolati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🔰Tadbirning asosiy maqsadi xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlikning oldini olish, ayollarning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash va ularni himoya qilish mexanizmlari haqida ma’lumotlar berib o'tildi. ✅Uchrashuv davomida ishtirokchilar mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va jamiyatda sog‘lom hamda barqaror muhitni shakllantirish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.