Ko'rgazma

2025-yil 20-noyabr kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Ipak yo‘li" mahallasining 4- maktab o'quvchilariga “Kitob — ma’rifat chirog‘i” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada turli yo‘nalishlardagi badiiy, tarixiy, bolalar uchun mo‘ljallangan adabiyotlar namoyish etildi. 🔰Tadbirning asosiy maqsadi — aholining kitobga qiziqishini kuchaytirish, yoshlarning fikrlash doirasini kengaytirish hamda mahallada kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishdir. ✅Ko‘rgazma davomida kitobxonlar yangi nashrlar bilan tanishish, o‘zlariga yoqqan asarlar haqida fikr almashish hamda ma’naviy ozuqa olish imkoniga ega bo‘ldilar.