Ko'rgazma

#Gender_tenglik_taroqqiyot_kushandasi 📚2025-yil 26-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 11-noyabrdagi 77-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 18-maktab o‘quvchilari uchun “Gender tenglik — taraqqiyot kafolati” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi va mazkur mavzuda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. ✅Mazkur tadbirda o‘quvchilarga gender tenglikning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, teng huquq va imkoniyatlar ta’minlanishining ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi, shuningdek, mavzuga oid adabiyotlar bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi. Tadbirda 25 nafar ishtirokchilar qatnashdilar.