Davra suhbati

Joriy yilning 27-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Erjar" mahallasi yoshlari ishtirokida “Yosh kitobxonlar” loyihasi doirasida “Kitob o‘qigan insonning qanoti bor” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. ✅Tadbir davomida yoshlarga kitob o‘qishning inson tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirishdagi o‘rni, ma’naviy kamolotga ko‘rsatadigan ta’siri hamda ilmga bo‘lgan qiziqishni oshirishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Muloqot jarayoni samimiy va faol ruhda o‘tdi, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashishdi.