Kitobsevar millat

📚 “Kitobsevar millat "shior ostida kitob yarmarkasi! 27-noyabr kuni Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan kitob yarmarkalarida Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi faol ishtirok etdi. Tadbir doirasida “Kitobxon millatning kelajagi buyukdir” nomli boy va rang-barang kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ko‘rgazmada turli janr va yo‘nalishlardagi 70 nomdagi, 100 nusxadan ortiq kitoblar kitobsevarlar e’tiboriga havola qilindi. Ushbu asarlar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.