Joriy yilning 4-dekabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Bog‘bon” mahallasi aholisiga qiziqarli ekskursiya tashkil etildi. 🔰Tadbir davomida ishtirokchilarga kutubxona faoliyati, zamonaviy axborot xizmatlari, yangi adaboyot haqida batafsil ma’lumotlar berildi. ✅Mazkur ekskursiya mahalla aholisi, ayniqsa yoshlar orasida kitobga bo‘lgan mehrni yanada oshirish, ularni bilimga yo‘naltirish hamda kutubxona bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qildi.