Joriy yilning 5-dekabr kuni Mirzacho'l tuman axborot -kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi o'tkazildi. ✅ Tadbirda veb-saytdan foydalanish va uni boshqarish bo‘yicha maʼlumotlar berildi. Mashg‘ulot davomida xodimlarga saytning asosiy bo‘limlari, yangiliklar joylashtirish tartibi, media materiallar bilan ishlash, axborot madaniyati bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi. 🔰Mazkur mahorat darsi xodimlarning malakasini oshirish, onlayn axborot almashinuvi samaradorligini kuchaytirish hamda tashkilot faoliyatini keng ommaga tezkor yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.