2025-yil 5-dekabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Agrosanoat texnikumi talabalari ishtirokida “Qomusimni bilmoq istayman” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida talabalarga Konstitutsiyaning ahamiyati va unda belgilangan inson huquq va erkinliklari haqida batafsil ma’lumot berildi. ✅Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va savol-javoblar tarzida jonli muloqot olib borildi. Talabalar fuqarolik huquqlari va majburiyatlari, qonun ustuvorligi hamda Konstitutsiyada belgilangan kafolatlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar ongida Konstitutsiyaga hurmat tuyg‘usini kuchaytirish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va asosiy qonunimiz mazmun-mohiyatini chuqurroq anglashdan iboratdir.