Kitob taqdimoti

📚Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Toshkent" mahallasi hududidagi 13-sonli maktabning o'quvchi yoshlari ishtirokida atoqli yozuvchi Odil Yoqubovning “Diyonat” asariga bag‘ishlangan badiiy-adabiy taqdimot tadbiri tashkil qilindi. 📖 Tadbir davomida “Diyonat” asarining mazmun-mohiyati, undagi ijtimoiy-adabiy g‘oyalar keng yoritildi. Undagi qahramonlar xarakteri, halollik va vijdon mavzularining hayotiy ahamiyati xodimlar tomonidan batafsil tushuntirildi. Kitobdan olingan qiziqarli parchalar o‘qib eshittirildi, muhokamalar tashkil qilindi. Ishtirokchilar bilan savol-javoblar o‘tkazilib, badiiy asarni chuqur anglashga xizmat qiluvchi fikrlar almashildi.