2025-yil 9-dekabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi hamda "UNICON-SOFT" MCHJ xodimlari “Korrupsiya: jamiyat taraqqiyotiga tahdid va unga qarshi kurash mexanizmlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. ✅ Davra suhbati davomida korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, uning ijtimoiy-iqtisodiy hayotga zararli ta’siri, davlat tomonidan amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar,halollik va shaffoflikni ta’minlashning zamonaviy mexanizmlari kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi. 🔰Tadbir ishtirokchilari faol tarzda fikr almashib, mavzu bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qat’iy qarshi chiqish, huquqiy madaniyatni oshirish va jamiyatda halollik tamoyillarini mustahkamlash har bir fuqaroning burchi ekani ta’kidlandi.