📚 2025-yil 9-dekabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 11-noyabrdagi 77-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Toshkent” mahalla hududidagi 13-maktabning o‘quvchilari va o‘qituvchilari ishtirokida “Zo‘ravonlikka qarshi kurashish” mavzusiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 🔰Tadbir doirasida kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etilib, zo‘ravonlikning oldini olish, huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi. Qolaversa yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiluvchi videoroliklar namoyish qilindi. ✅Shuningdek, ishtirokchilarga zo‘ravonlikning turlari, uni oldini olish choralari, mavjud huquqiy manbalar va murojaat qilish mumkin bo‘lgan ishonch telefonlari haqida batafsil ma’lumot berildi. O‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi. Tadbirga 22 nafar ishtirokchi qatnashdi.