2025-yil 10-dekabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 18-maktab o‘quvchilari bilan “Ilm va Iroda: Kelajak sari dadil qadam” nomli uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi — yoshlarni ilm olish, intilish va katta marralarni zabt etishga ruhlantirish, ularda kitobxonlik madaniyatini kuchaytirish hamda sport va ta’lim sohalaridagi yutuqlarga rag‘bat uyg‘otishdan iborat bo‘ldi. Mazkur uchrashuvda kitobxonlik va sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan iqtidorli yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘z muvaffaqiyatlari, tajribalari va kelajak rejalari bilan bo‘lishib, tengdoshlariga ilhom manbai bo‘ldilar. Tadbir yakunida o‘quvchilarga kitob o‘qishning ahamiyati, maqsad sari qat’iyat bilan intilishning foydasi haqida motivatsion fikrlar bildirildi.