“Madhiyamiz — istiqlol ruhining badiiy ifodasi” mavzusida davra suhbati

2025-yil 10-dekabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 3-maktab o‘quvchilari ishtirokida “Madhiyamiz — istiqlol ruhining badiiy ifodasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🔰O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi ijrosi bilan boshlangan tadbir davomida o‘quvchilarga madhiyamizning yaratilish tarixi,unda ifodalangan vatanparvarlik g‘oyalari, milliy qadriyatlar va istiqlol ruhi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, madhiyaning badiiy qiymati, shoiri Abdulla Oripov va bastakori Mutal Burhonovning ijodiy merosi ham yoritib o‘tildi. ✅Ishtirokchilar madhiyamizda aks etgan g‘oya va mazmunni chuqurroq anglash, davlat ramzlariga hurmat bilan yondashish, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash borasida fikr almashdilar.