2025-yil 11-dekabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 18-maktabda o‘quvchilarni kitob mutolaasiga qiziqtirish, ilmga bo‘lgan intilishini oshirish maqsadida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🔰Ko‘rgazmada 50 nomda, 70 nusxadagi turli sohalarga oid badiiy va ma’rifiy adabiyotlar o‘quvchilar e’tiboriga havola qilindi. ✅Mazkur tadbir o‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda yangi bilimlarni egallashga rag‘batlantirishga xizmat qildi. Ko'rgazma davomida targ‘ibot ishlari ham olib borildi Tadbirda 27 nafar o'quvchi yoshlar ishtirok etdi.