Ekskursiya

2025- yil 15- dekabr kuni Mirzacho'l tuman axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan "G'alaba" mahallasi yoshlariga "Kutubxona - ilm va tafakkur manbai" nomli ekskursiya tashkil etildi. 🔰Ekskursiya davomida yoshlar kutubxona faoliyati, undagi boy kitob fondi bilan yaqindan tanishtirildi. Tadbir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratildi. ✅Shuningdek, ishtirokchilarga kutubxonadan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi hamda mutolaaning inson tafakkuri va dunyoqarashini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida suhbat olib borildi.