Davra suhbati

2025-yil 15-dekabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 3-maktab o‘quvchilari ishtirokida “Qatag‘on qurbonlari — jasorat va fidoyilik timsoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirda XX asrning eng og‘ir va fojeali qatag‘on yillari, minglab begunoh insonlarning ayanchli taqdiri, xalqimiz boshidan kechirgan mashaqqatli va sinovli davrlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Davra suhbati davomida qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyati, ularning millat va Vatan ravnaqi yo‘lidagi fidokorona xizmatlari yodga olinib, yosh avlod qalbida tarixiy xotira, vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir savol-javoblar va samimiy fikr almashuvlar bilan yanada mazmunli bo‘lib, o‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘z mulohazalarini faol bildirdilar.