2025-yil 15-dekabr Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 17-maktab o‘quvchilari ishtirokida “Hamid Olimjon — o‘zbek she’riyatining yorqin siymosi” mavzusida adabiy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. ✅Tadbir davomida taniqli shoir va adabiyot arbobi Hamid Olimjonning hayoti va ijod yo‘li, uning o‘zbek she’riyati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, asarlarida Vatan, muhabbat, yoshlik va hayot go‘zalligining kuylanishi haqida atroflicha so‘z yuritildi. Davra suhbati jarayonida shoirning mashhur she’rlaridan namunalar o‘qilib, ularning badiiy-estetik ahamiyati tahlil qilindi. 🔰O‘quvchilarda adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, badiiy tafakkur va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirda 20 dan ziyod o‘quvchilar qatnashdi.