2025- yil 16 - dekabr kuni Mirzachoʻl tumani axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Erjar" mahallasi aholisiga ekskursiya tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar kutubxona faoliyati, mavjud fond yangi adabiyotlar, kutubxona qoidalari bilan yaqindan tanishtirildi. ✅Ekskursiya jarayonida aholiga mutolaa madaniyatini oshirish,kitobning inson hayotidagi oʻrni va ahamiyati haqida atroflicha maʼlumot berildi.Tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.Mazkur ekskursiya mahalla aholisi,ayniqsa yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, uylarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.