2025-yil 16-dekabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Toshkent" MFY hududida joylashgan 13-maktab o‘quvchilari ishtirokida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazma jarayonida kutubxona xodimlari tomonidan targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilib, o‘quvchilarga mutolaaning inson hayotidagi o‘rni, kitobning bilim va tafakkurni boyitishdagi ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Tadbirda 20 nafardan ortiq o'quvchi yoshlar ishtirok etdi. Ko‘rgazmadan 45 nom 50 nusxa kitoblar joy oldi.