Zakovat

#Zakovat 📚2025-yil 16-dekabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda 13-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi hamkorligida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. 🔰Tadbirda “Liderlar” va “Kutubxonachilar” jamoalari o'zoro kuch sinashdilar. Taqdim etilgan javoblarni baholab borish uchun 13-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yulduzxon Ergasheva hamda Mirzacho‘l tuman Madaniyat bo‘limi kutubxonachisi Dilorom Yusupova hakamlar hay'ati a’zolari sifatida ishtirok etdilar. Qiziqarli va bellashuvlarga boy o‘tgan o‘yin yakuniga ko‘ra, mehmon jamoa — “Kutubxonachilar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. ✅Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘z taassurotlari va iliq fikrlari bilan o‘rtoqlashib, bunday intellektual o‘yinlar yoshlarning bilim va tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.