Kitobxon onalar kuni

2025-yil 17-dekabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 🔰Tadbirda tumanimizning faol kitobxon onalari ishtirok etdilar. Mazkur tadbir doirasida Rahima Shomansurovaning “Qizlar kitobi” nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimot davomida kitobning mazmun-mohiyati,yosh avlod, xususan qizlarning tarbiyasida kitobning o‘rni va ahamiyati haqida atroflicha fikrlar bildirildi. Ishtirokchilar kitob orqali qizlarni ilmga, odob-axloqqa, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash muhimligini ta’kidladilar. ✅Tadbir jarayonida ishtirokchilar o‘z hayotiy tajribalari, mutolaa madaniyati, kitobxonlikning oila va jamiyatdagi o‘rni haqida samimiy fikr-mulohazalarini bildirdilar. Mazkur tadbir kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish, ayollarning jamiyatdagi rolini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Tadbirda 28 nafar onaxonlar ishtirok etdilar.