Zakovat

📚2025-yil 18-dekabr kuni Mirzacho‘l tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Renessans” klubi a’zolari hamda yosh kitobxonlar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. 🔰Tadbir qiziqarli savol-javoblar hamda mantiqiy topshiriqlar asosida o‘tkazilib, o‘yin jarayoni jonli va ko‘tarinki ruhda kechdi hamda yoshlarning bilim va tafakkurini namoyon etishga xizmat qildi. Tadbir davomida o‘quvchilar ruhiyatini ko‘tarish va ularning faolligini oshirish maqsadida har bir to‘g‘ri javob uchun ishtirokchilar qiziqarli sovg‘alar bilan taqdirlab borildi. ✅Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoshlar orasida bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirish, kitob va kitob mutolaasiga mehr uyg‘otish, tafakkurni kengaytirish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.