Namunaviy koʻchma kutubxona

2025-yil 22-dekabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumanning "Bogʻbon" mahallasi hududidagi "Sihat-salomatlik FARM" MCHJ ga qarashli Qodirov Abdug'ofur Sattorovichning shaxsiy kutubxonasi bilan imzolangan "Namunaviy ko‘chma kutubxona" shartnomasiga asosan, 40 nusxadagi adabiyotlar foydalanuvchilar talab va istaklariga binoan yangilandi. ✅Yangilangan kitoblar orasida badiiy adabiyotlar, bolalar uchun moʻljallangan asarlar o'rin oldi. Ushbu tashabbus aholini mutolaaga keng jalb etish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitobga boʻlgan qiziqishni yanada oshirishga qaratilgan.