📚2025-yil 24-dekabr kuni Mirzachoʻl tumani axborot - kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Ipak yoʻli" mahallasida joylashgan 4-maktab oʻquvchilariga "Kitob mutolaasi-qalb goʻzalligi" mavzusida kitob koʻrgazmasi tashkil etildi. 🔰Koʻrgazmada bolalar uchun moʻljallangan kitoblar,hamda vatanparvarlik ruhidagi asarlar namoyish etildi.Koʻrgazma davomida oʻquvchilarga kitobning mazmuni, ahamiyati haqida tushunchalar berildi va mutolaa boʻyicha tavsiyalar bildirildi. ✅Tadbirning asosiy maqsadi-oʻquvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, mutolaa qilishga boʻlgan qiziqishini yanada oshirishdan iborat boʻldi.Koʻrgazmaga 15-nafar oʻquvchi jalb etildi.