📚2025-yil 25-dekabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 18-maktab o‘quvchilari ishtirokida “Jadidlar izidan” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🔰Davra suhbati davomida ular o‘z asarlarida jaholat, adolatsizlik va qoloqlikni keskin tanqid qilib, xalqni ilm-ma’rifat, uyg‘onish va taraqqiyot sari chorlaganliklari alohida ta’kidlandi. Shuningdek, tadbir davomida Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy kabi ma’rifatparvar jadid bobolarimizning boy adabiy va ilmiy merosi, ularning millat kelajagi yo‘lidagi jasoratli va fidokorona faoliyati yodga olindi. ✅Tadbir jarayonida o‘quvchilar jadid bobolarimizning xalq va millat ravnaqi yo‘lida jonini fido qilganliklari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar. Davra suhbati savol-javoblar tarzida o‘tib, o‘quvchilarning faol ishtiroki bilan yanada mazmunli kechdi.