#Koʻchma_kutubxona

📚2025-yil 25-dekabr kuni Mirzachoʻl tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Nuroniylar jamgʻarmasida tashkil qilingan koʻchma kutubxona adabiyotlari foydalanuvchilar talab va takliflariga asosan almashinuvi sayyor tadbir tarzida oʻtkazildi. ✅Tadbirning asosiy maqsadi-keksalar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish,ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va maʼnaviy hordiq chiqarishlariga koʻmaklashishdan iborat boʻldi.