📚2025-yil 26-dekabr kuni Mirzachoʻl tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Erjar" mahallasi hududida joylashgan 18-maktab oʻquvchilari ishtirokida taqdimot tashkil etildi . Oʻzbek bolalar adabiyotining sevimli ijodkori Xudoyberdi Toʻxtaboyevning "Qaylardasan bolaligim" nomli kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi. ✅Taqdimot davomida asar mazmuni, yozuvchining ijodiy olami va kitobning yoshlar tarbiyasidagi oʻrni haqida qiziqarli fikr-mulohazalar bildirdilar.