📚2025-yil 26-dekabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tuman Madaniyat markazida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona kitoblari kitobxonlarning talab va qiziqishlaridan kelib chiqib yangilandi. ✅Tadbir davomida yangilangan adabiyotlar orasidan kitobxonlarni qiziqtirgan kitoblar bilan tanishtirilib, ularning mazmun-mohiyati haqida qisqacha ma’lumotlar berildi. Ko‘chma kutubxona doirasida tashkil etilgan mazmunli va foydali tadbir kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.