📚Mirzachoʻl tuman axborot- kutubxona markazi tomonidan maktab kutubxonalari faoliyatini qoʻllab quvvatlash, ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida muntazam ravishda uslubiy va amaliy yordam koʻrsatib borilmoqda. 🔰 2025-yil 26-dekabr kuni Ipak yo'li mahallasi 4- maktab kutubxonasiga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatildi . ✅Amaliy yordam jarayonida kitoblarni javonlarga joylashtirilishi, inventar daftarini toʻgʻri yozilishi, kitobxon formulyarini yuritish tartibi, kitoblarga texnik ishlov berish tartibi haqida tushunchalar berildi hamda kitobxonlarni kutubxonaga jalb etish usullari haqida fikrlar almashinildi.