📚Bugun Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari uchun edo.ijro.uz elektron hujjat aylanish tizimi bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi. Seminar davomida tizimdan samarali foydalanish, hujjatlarni elektron tarzda qabul qilish, ijroga yo‘naltirish hamda nazorat qilish jarayonlari batafsil tushuntirildi. 🔰Tadbirda xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ish jarayonlarini raqamlashtirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.