📚2025-yil 26-dekabr kuni "Ipak yo‘li" mahallasida Mirzacho‘l tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish, ularni mutolaaga keng jalb qilish maqsadida kitobxonlarning yutuqlari aks etgan rasmlardan iborat fotogalereya tashkil etildi. 🔰Mazkur fotogalereyada kitob orqali yutuqlarga erishgan, turli tanlov va tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotgan yosh kitobxonlarning muvaffaqiyatlari namoyish etildi.