Kitoblar targ'iboti

#Kitoblar_targʻiboti 📚2025-yil 29-dekabr kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 18-maktabda o‘quvchilarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda ilmga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. ✅Tadbir davomida o‘quvchilarga kitob o‘qishning ahamiyati, inson tafakkurini boyitishdagi o‘rni, bilim va ma’naviyat manbai sifatidagi qadr-qimmati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, turli sohalarga oid badiiy adabiyotlar namoyish qilinib, o‘quvchilarga foydali tavsiyalar berildi.