Joriy yilning 2025-yil 29-dekabr kuni Mirzachoʻl tuman axborot -kutubxona markazida “Kutubxona fondi va uni shakllantirish, saqlash hamda undan samarali foydalanish” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi. 🔰Seminar davomida kutubxona fondining tarkibi, fondni to‘ldirish manbalari, adabiyotlarni hisobga olish, saqlash sharoitlari, fondni yangilash hamda undan foydalanuvchilarga samarali xizmat ko‘rsatish masalalari atroflicha yoritildi. Seminarda kutubxona mutaxassislari tomonidan ma’ruzalar qilinib, fond bilan ishlash jarayonida uchraydigan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. ✅ Mazkur seminar kutubxona xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kutubxona fondidan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etdi.